Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi ishdan olindi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov ishdan olindi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.
Ayni paytda mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Yig‘ilish natijalari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Qo‘mita raisining o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev ham katta ehtimol bilan ishdan olingan. Har holda qo‘mitaning rasmiy saytida bu lavozim vakant sifatida qayd etilgan. Uning aynan qachon vazifasidan ozod etilgani hozircha ma’lum emas.
Mavzuga doir:
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va uning o‘rinbosari ishdan olindimi?
«Xabar.uz» ma’lumoti:
Ortiqbek Yusupov 1960-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1983-yili Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi: sharqshunos-arabshunos. 1981—1982-yillarda Yamanda arab tili bo‘yicha malaka oshirgan. Falsafa fanlari nomzodi.
1983–1986-yillarda ixtisoslashtirilgan maktabda arab tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
1986–1990-yillar davomida Yaman Oliy Xalq Kengashida tarjimon-referent bo‘lib ishlagan.
1990-1997-yillar davomida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
1997-yili Tashqi ishlar vazirligining «Jahon» axborot agentligida mas’ul xodim bo‘lib ishladi.
1998–2003-yillarda Prezident devonining Din ishlari bo‘yicha xizmatida mas’ul xodim bo‘lib ishlagan.
2003–2018-yillarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, rais o‘rinbosari, rais vazifasini bajaruvchisi, hozirgacha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter