Diyetolog arzon va foydali oziq-ovqatlarni sanab o‘tdi
Shvetsiyalik diyetolog Kristina Anderson arzon va foydali mahsulotlar nomini keltirib o‘tdi. Bu haqda Svenska Dagbladet nashri yozmoqda.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, diyetaga piyozni qo‘shmoq kerak, chunki uning tarkibida vitaminlar va ozuqaviy moddalar mavjud va bakteritsid ta’siriga ega. Qizil piyoz ayniqsa antioksidantlarga boy.
Karam iste’moliga ham katta e’tibor qaratmoq lozim, u organizmni saraton kasalligidan himoya qiluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, oshqozon muammosidan aziyat chekadigan odamlar karamni xom emas, balki pishgan holda iste’mol qilishlari kerak.
Diyetolog shuningdek, ko‘plab minerallarni o‘z ichiga olgan kartoshka, sabzi va lavlagi kabi ildizli sabzavotlarini tez-tez iste’mol qilishni maslahat berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter