Deputatlarga onlayn tarzda murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi
«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.
«Mening fikrim» maxsus veb-portali orqali Oliy Majlis palatalariga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tartibi joriy etiladi
Unga Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 2,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi. Mas’ul etib Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi belgilandi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasida internet tarmog‘ida aholi dolzarb deb hisoblagan tashabbuslarni kiritadigan, u yoki bu muammoga o‘z munosabatini bildira oladigan «Mening fikrim» maxsus maydonini tashkil etish, Oliy Majlis va xalq deputatlari Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tartibini joriy etish va muayyan miqdordagi fuqarolar tashabbuslarini ushbu organlar tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.
Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter