Deputatlar Qurilish vaziri lavozimiga yangi nomzodni ma’qullashdi
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziriligiga yangi rahbar nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda «Yuksalish» harakati xabar bermoqda.
Bugun, 29-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Zokirov nomzodini ma’qulladilar. U bunga qadar vazirlikda vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter