Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Denovda 23 yoshli shaxs terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olindi

Denovda 23 yoshli shaxs terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olindi

Foto: «Depositphotos.com»

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Guliston mahallasida yashovchi O‘tmas Mansurov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabarda O‘tmas 19 yoshida ishlash uchun xorijga chiqib ketgani, yurtimizga qaytib kelganidan so‘ng yurish-turishiyu, xatti-harakati o‘zgarib qolgani aytiladi.

O‘zAning ma’lum qilishicha, tergovga qadar olib borilgan surishtiruv ishlari chog‘ida uning 2014 yil kuz faslida Moskva shahriga ishlash uchun ketib, yollanma ishchi sifatida mehnat qilgani va hozirda qidiruvda bo‘lgan akasi Safar Salomovning da’vati ta’sirida faoliyati taqiqlangan «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimga a’zo bo‘lgani aniqlangan. 

Xabarda O‘tmas oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, Rossiya Federatsiyasidan Turkiya davlatiga chiqib ketgan. Suriyada xalqaro terroristik tashkilot safiga borib qo‘shilgani, o‘sha yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, taqiqlangan tashkilot faoliyatini kengaytirish, kelgusida «jihod» qilish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi faoliyat yuritgani ilgari suriladi.

Ayni paytda 23 yoshli O‘tmas Mansurovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring