Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dekabrda O‘zbekiston aholisining ayrim qatlamlariga 800 ming so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatiladi

Dekabrda O‘zbekiston aholisining ayrim qatlamlariga 800 ming so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatiladi

Foto: «Xabar.uz»

Shavkat Mirziyoyev «Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda «Telegram»dagi «Nigoh» kanali xabar berdi.

2021-yilning dekabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

  • 2021-yil davomida «Temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
  • 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
  • 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring