Dekabr oyidagi ehtimoliy ob-havo ma’lumoti taqdim etildi

Bu yil dekabr oyi qanday bo‘ladi? Haqiqatan ham qishki ob-havo kuzatiladimi? Yoki O‘zbekistonda tez-tez kuzatilganidek, dekabr oyida issiq davrlar ob-havosi hukmronlik qiladimi?
Gidrometeorologiya xizmati yilning so‘nggi oyi uchun ehtimoliy ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Ob-havo sharoitlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, dekabr oyi sovuq bo‘lmaydi. O‘rtacha oylik harorat me’yordan yuqori, ba’zi hududlarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, havo harorati kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, shimolda
8-13 daraja sovuqqacha pasayishi holatlari kuzatiladi. Dekabr oyi uchun bu normal holat, chunki bu qish oyi.
Eng issiq kunlarda havo harorati 15-18 darajagacha, janubda
20-22 darajagacha ko‘tariladi.
Dekabr oyi qish uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Dekabr oyining birinchi haftasida O‘zbekiston bo‘ylab havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi, havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Dekabr oyining bunday quruq va iliq boshlanishi O‘zbekistonda juda kam uchraydi.
Keyinchalik, dekabr oyining oxirigacha, O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, havo harorati kechasi 5-8 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqgacha, kunduzi
15-18 daraja iliqdan 2-5 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Oy davomida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter