Dehqonobod kaliy zavodiga yangi rahbar tayinlandi
![Dehqonobod kaliy zavodiga yangi rahbar tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_3364589414.jpg)
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Dehqonobod kaliy zavodiga yangi rahbar tayinlandi.
Zavodning sobiq bosh direktori Hamidilla Shermatov boshqa ishga o‘tgan.
Zavodda bir necha yillar davomida bosh direktorning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Oybek Qurbonov Bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
O.Qurbonov Qarshi davlat universiteti hamda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan — iqtisodchi.
Aytish kerakki, Dehqonobod kaliy zavodi Markaziy Osiyoda kaliy mahsulotlari ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter