Davlat xizmatlari markazlarida propiska qilish xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasiga fuqarolarga pasport xizmati ko‘rsatish tizimini soddalashtirish masalasi ham kiritilgan.
Qayd etilishicha, bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
- tuman, shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlaridan kelgan fuqarolarini doimiy propiska qilish hamda hudud ichida bir manzildan ikkinchi manzilga o‘tgan fuqarolarini doimiy propiska qilish xizmatlarini ularning yashab turgan joylariga yaqin bo‘lgan tuman, shahar ichki ishlar bo‘limlarida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish;
- ushbu xizmatlarni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ham amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter