Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari agentligi yangicha ishlaydi. Boshqalar ham o‘rgansa arziydi (infografika)

Davlat xizmatlari agentligi yangicha ishlaydi. Boshqalar ham o‘rgansa arziydi (infografika)

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari agentligi o‘z xodimlari rioya etishi lozim bo‘lgan tamoyillarni ishlab chiqib, rasman tasdiqladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga DXAning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, xodimlar uchun tamoyillarni ishlab chiqishda tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va ishonch telefoni orqali kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asos qilib olingan.

Endi har bir DXM da fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob beruvchi administrator burchagi bo‘ladi. Markaz direktori esa har bir keluvchini shaxsan kutib oladi!

Davlat xizmatlari agentligi davlat xizmatlari ko‘rsatishda jamoat nazorati mexanizmlarini ma’qullashini va qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Agarda siz quyida ilova qilingan tamoyillarning buzilishiga guvoh bo‘lsangiz, shu zahotiyoq 1148 ishonch telefoni orqali xabar berishingiz so‘raladi.

Ibratli tajriba, shunday emasmi?!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring