Davlat xizmatlari agentligi: «Ko‘pchilik karantinning asosiy maqsadini unutmoqda...»
Avtotransport vositalari harakatlanishida qat’iy cheklovlarning joriy etilishi natijasida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga tegishli stiker-ruxsatnomalarni berish bo‘yicha muhim vazifa topshirildi.
Shu munosabat bilan Agentlik jamoatchilikni ushbu vazifalar ijrosi va mazkur tartib jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida xabardor qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Ushbu faoliyat qanday tashkil etilgan?
Ruxsatnomalarga bo‘lgan talab yuqoriligi hisobga olinib, davlat xizmatlari markazida ish rejimi 24 soatlik asosida tashkil qilindi. Bu davlat organing ishni tashkillashtirishning oldin kuzatilmagan ko‘rinishidir. Ilgari bunday rejim faqat bir marta joriy etilgan: oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun hujjatlarni qabul qilishda.
Odatda yangi xizmat joriy eilishidan oldin sinovdan o‘tkaziladi, 2-3 oy mobaynida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha reglament ishlab chiqiladi, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari tayyorlanadi, xodimlar o‘qitiladi. Talabnomaning asosliligini aniqlash mezonlari va xodimlar tomonidan barcha tafsilotlarning tushunishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi holatda esa, yangi xizmat 12 soatdan kam bo‘lgan vaqt ichida joriy etildi, onlayn-portal ishi bir kecha-kunduzda yo‘lga qo‘yildi, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida esa, elektron raqamli imzoning shartligi talabi bekor qilindi, karantin sababli uyga yuborilgan xodimlar jalb qilindi, zudlik bilan ularni o‘qitish ishlari tashkillashtirildi. Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan xizmat ko‘rsatish tartibi esa 31 martdan kuchga kirdi.
Shu kunlarda qisqa vaqt ichida 150 mingdan ortiq talabnoma kelib tushdi, shundan respublika bo‘yicha 19 660 ta ruxsatnoma berildi, 46402 tasiga rad javobi berildi, 10 004 tasi talabgorlarning o‘zi tomonidan qaytarib olindi.
Bir kunda barcha davlat xizmatlari markazlarida 20 mingdan arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha xolis jismoniy imkoniyat bor. Ayni damda ularni ko‘rib chiqish jarayoni IIV organlari vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Onlayn rejimda ishlashga o‘tilishi munosabati bilan birinchi kunda kuzatilganidek odamlarning to‘planib turishi hozirgi kunda mutlaqo bartaraf etildi.
Kurerlarning muammosi: taqdim etilayotgan hujjatlar sifatida
Stiker olish – bu rasmiy jarayondir, barcha hujjatlar o‘rnatilgan talablarga muvofiq taqdim etilishi kerak. Har bir xodim talabnomani ko‘rib chiqqanligi va hujjatlarning to‘liqligi uchun javobgar hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yirik kurerlik firmalari va mahsulot tashuvchilar ular yirik bo‘lishlariga qaramay, stikerlar ololmayotganlari haqida shikoyatlar yozishdi.
Ta’kidlash joizki, birinchidan, ushbu tizim yirik va kichik kompaniyani bir-biridan ajratmaydi. Agarda shunday imkoniyat bo‘lsa, shikoyatlar kichik kompaniyalar tomonidan aytilgan bo‘lardi va bu asosli. Shu bois, kompaniyaning darajasi yoki «mashhurligi» davlat xizmatlari markazlari uchun hech qanday ahamiyatga ega kasb etmaydi.
Faqat alohida holatlardagina Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, stikerlar davlat xizmatlari markazlari tizimidan emas, bevosita Adliya vazirligi tomonidan berilishi mumkin, bu ushbu komissiya protokolida ham yozib qo‘yilgan.
Ikkinchidan, mazkur yirik kurerlarning hujjatlar bilan bog‘liq ancha muammolari bor. Axir ular hamisha o‘z yetkazib beruvchilari bilan ma’lum bir shartnomalar tuzmasdan yoki ishga olish to‘g‘risidagi buyruqlarsiz, norasmiy tartibda ishlaganlar.
Hamma shoshilinch ravishda shartnoma tuzdi va (vaqtinchalik) buyruq qabul qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda, ayrim tashkilotlar yetkazib beruvchilarni pulga «ishga joylash» bo‘yicha ayrim ishlarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida xabar tarqatilgan paytda, bu holatda, talabgorlarning ishonchliligiga ishonsa bo‘ladimi? «Yetkazib beruvchi» haqiqatan ham haqiqiy yetkazib beruvchi ekanligini qanday aniqlash mumkin? O‘z navbatida, o‘rnatilgan tartibda xodimlarning mehnat daftarchalarini taqdim etish zarurligi to‘g‘risidagi talablar ko‘rsatilgan. Bironta ham yetkazib beruvchi ushbu talabni to‘liq qondira olmadi.
Shu bois, ayrim tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali bosim o‘tkazish (pressing) ga o‘ta boshlashdi, hozirgi murakkab sharoitda esa, bu juda nomaqbul amaliyot, deb hisoblaymiz.
Chiroyli raqamli va premium sinfdagi avtotransport vositalari
Davlat xizmatlari markazlarida premium sinfdagi yoki chiroyli raqamli avtotransport vositalariga stikerlar berilmaydi. Rasmiy nuqtai nazardan qaraganda, ular ham yo‘l harakatining teng huquqli ishtirokchisi hisoblanadilar. Ushbu asosda berilgan rad javoblari bo‘yicha ham ko‘plab shikoyatlar kelib tushdi.
Shunday bo‘lsa-da, bu kabi avtotransportlar ham stikerlar olishi mumkin: ular davlat yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Maxsus komissiya qaroriga boshqa tashkilotlar (to‘qimachilik, sanoat, ishlab chiqarish korxonalari va b.sh) ga tegishli bo‘lishsa.
Shu bois, agarda siz bunday avtomobillarga berilgan ayrim stikerlar asossiz berilgan, deb hisoblasangiz, bizga xabar bering va biz buni tekshirib ko‘ramiz va zarur hollarda stikerni bekor qilamiz.
Shuningdek, ko‘plab avtomobillar stikerlarsiz ham harakatlanishi mumkin. Tasdiqlangan ro‘yxatda stiker olish zarur bo‘lmagan 22 ta holat qayd etilgan.
OKED (Iqtisodiy faoliyat turini umumdavlat tasniflashi) Avtomatik seleksiya qilish
Ruxsatnoma olish uchun ko‘plab asossiz talabnomalar va takroriy talabnomalarning (ayrim talabgorlar «har ehtimolga qarshi» o‘z talablarini bir necha marotaba yuborganlar) kelib tushishi sababli asosiy faoliyat turlari bo‘yicha talabnomalarni avtomatik saralash tizimi joriy etildi.
Bunday yondashuv asossiz ariza beruvchilarning imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklab qo‘ydi, yuzaga kelgan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan qo‘l boshqaruvi shaklida tuzatildi, rad etish to‘g‘risidagi shikoyatlar tezda ko‘rib chiqilmoqda. Bu, bizningcha, hozirgi murakkab sharoitda eng maqbul yondashuvdir.
Tartiblarga qo‘yilgan talablarni tushuntirish va ijtimoiy tarmoqlardagi postlarga javob berish bo‘yicha 15 kishidan iborat maxsus shtab tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi tizim
Stikerlarga bo‘lgan yuqori talab va korrupsiya xavfi mavjud ekanligi tufayli Adliya vazirligi tomonidan stikerlarni berish jarayonini ichki nazorat qilish bo‘yicha 3 darajali maxsus tizim joriy etildi. Agentlikning markaziy apparat vakillari har bir markazdagi ish jarayonini nazorat qilishmoqda, stikerlar berishning asosliligini monitoring qiluvchi alohida shtab tuzildi. Adliya vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bo‘lim muvofiqlashtirishi ostida shtab tashkil etildi. U stiker berishdagi barcha jarayonlar ustidan umumiy monitoringni amalga oshiradi, bu boradagi shubhali holatlarni tekshiradi.
Shu bois, agarda siz stiker olish bo‘yicha noqonuniy mexanizmlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, tezkor chora-tadbirlar qabul qilish uchun huquqni himoya qiluvchi davlat organlariga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz.
Hurmatli fuqarolar!
Ushbu barcha o‘zaro yangicha munosabatlar, masalalar, murakkab jarayonlar, muammolar – so‘nggi 3-4 kun ichida sodir bo‘lgan voqealardir.
Qisqa vaqt ichida Davlat xizmatlari agentligi katta uzilishlarsiz xizmat ko‘rsatishning yangi tizimini, ehtimol, jamiyat hayotidagi eng talab yuqori bo‘lgan xizmatlar tizimini yo‘lga qo‘ydi.
U barcha talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun zarur choralarni ko‘rishni davom ettiradi.
Shu bilan birga ko‘pchilik stikerlarning ortidan quvib eng asosiy masalani unutib qo‘ydi. Stikerlar – imtiyoz emas, ular shahar ko‘chalarida transport vositalarining harakati sezilarli darajada kamaygan sharoitda aholining keskin ehtiyojlarini qondirishda uzilishlarning oldini olish uchun zarur.
Axir, eng asosiy maqsad — bu bizning, yaqinlarimizning salomatligidir. Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1 million nafardan, kasallikdan vafot etganlar soni esa, 50 ming nafardan oshdi. Bu bizga katta saboq, jamiyatimizga esa katta chaqiriqdir.
Fursatdan foydalanib, barcha jurnalistlar va blogerlarni ushbu holat yuzasidan aholi o‘rtasida va ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri (xolis) tushuntirishlar berishda yordam berishlarini so‘raymiz.
Sizni uyda qolishga chaqirib qolamiz!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter