Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat soliq qo‘mitasi tanqidiy material yuzasidan munosabat bildirdi

Davlat soliq qo‘mitasi tanqidiy material yuzasidan munosabat bildirdi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari hududdagi ayrim tadbirkorlarni homiylik qilish uchun majburlanayotgani haqida ayrim tanqidlar tarqatilgani haqida Davlat soliq qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Davlat soliq qo‘mitasi Yakkabog‘ tumani davlat soliq inspeksiyasining tadbirkorlarni homiylikka majburlanayotgani bo‘yicha vaziyatni zudlik bilan o‘rganib chiqdi.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, Davlat soliq qo‘mitasi va barcha hududiy boshqarmalar tomonidan homiylikka majburiy jalb qilish yuzasidan hech qanday ko‘rsatma berilmagan.

Ammo shunga qaramasdan, inspeksiya rahbari Asliddin Rustamov ommaviy axborot vositalarining murojaatiga tezkorlik bilan munosabat bildirmaganligi bois, Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan unga nisbatan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Shu bilan birga, joylardagi barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalari rahbarlari ommaviy axborot vositalarining har bir murojaatiga tezkor va to‘laqonli axborot taqdim etishlariga mas’ul ekanliklari yana bir bor ko‘rsatib o‘tildi.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Agar soliq xizmati organlari tomonidan homiylikka majburlash holatlariga duch kelsangiz, u holda Davlat soliq qo‘mitasining (71) 244-98-98 raqamli ishonch telefoniga hamda DSQ Matbuot xizmatining (71) 244-97-54 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

DSQ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring