Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat korxonalariga bir qator taqiqlar qo‘yildi

Davlat korxonalariga bir qator taqiqlar qo‘yildi

«Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-yuldan davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirish va ijro organi a’zolariga haq to‘lashda yagona rag‘batlantirish siyosati joriy etiladi.

Bunda, ijro organi a’zolariga ish haqi va yil bo‘yicha biryo‘la to‘lanadigan mukofotdan tashqari har qanday qo‘shimcha to‘lov bekor qilindi.

Davlat ishtirokidagi korxonalarga Prezident va Hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan hollarda quyidagilar taqiqlanadi:

  • faoliyatiga xos bo‘lmagan yangi ob’yektlarni sotib olish yoki qurish;
  • raqobat rivojlangan sohada faoliyatidan tashqari qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanish;
  • faoliyatiga xos bo‘lmagan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish yoki undagi ulushni sotib olish.

Davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan banklar tomonidan mulkni sotish, boshqa korxonaga investitsiya kiritish kelishuvlari majburiy tarzda korxonalar kuzatuv kengashi bilan kelishiladi.

Davlat korxonalarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan oshmasligi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring