Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga yangi vazifa yuklatilmoqda
Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari muassisligidagi davriy bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash va ular faoliyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanishi kutilmoqda. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari muassisligidagi davriy bosma nashrlar 2020-yil 1-iyuldan boshlab davlat boji undirilmasdan ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, o‘z balansiga ega bo‘lmagan davriy bosma nashrlar tahririyatlarini 2020-yil 1-noyabrdan boshlab uch yil muddatga, muassis balansidagi binolarga ijara to‘lovisiz yoki davlat ko‘chmas mulki ob’yektlariga ijara to‘lovini ushbu ko‘chmas mulk ob’yektlariga nisbatan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdoridagi shartnoma asosida joylashtiriladi.
Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari o‘z muassisligidagi davriy bosma nashrlarning veb-sayt shaklini yaratishi ham belgilangan.
Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 21-mayiga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter