Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dangasa pochtachining uyidan yarim tonna xat topildi

Dangasa pochtachining uyidan yarim tonna xat topildi

Pochtachining uyidan jami 572 kilogramm yetkazib berilmagan korrespondensiyalar topildi.

Foto: «Vse42»

Italiyaning Vichensa shahrida yashovchi pochtachi egalariga yetkizib berishga eringan xatlarni sakkiz yil davomida uyida to‘plab borgan, deb xabar tarqatdi «FederalPress».

25 quti xatlarni utilizatsiyaga qabul qilib olgan ekologik markaz ko‘ngillilari buni sezib qolishdi. Ma’lum bo‘lishicha, markazga 56 yoshli mahalliy pochtachi Italiya pochtasining markalangan xatlarini ochib ko‘rishga ham qunt qilmay, shundayligicha olib kelib topshirgan.

Pochtachining uyidan jami 572 kilogramm yetkazib berilmagan xat-xabarlarlar topildi. Ular asosan turli ogohlantirish qog‘ozlari, reklama va kommunal xizmatlar hisoblari bo‘lib chiqdi. Harqalay, shaxsiy xat-xabarlarni pochtachi odamlarga tarqatgan ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring