Dam olish kunlariga ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
«O‘zgidromet» dam olish kunlari respublika hududida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim qildi.
Shanba va yakshanba kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va 23-25 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 27-29 darajani tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 24—26 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, Kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter