Dam olish kunlari vaksina olsa bo‘ladimi?

Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan xalqimizning maroqli hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida 1-5 sentyabr kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram o‘tkaziladigan quyidagi joylarda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tunu kun navbatchilik tashkil etadi:
- Xalq sayillari, bolalar ishtirokidagi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan va aholi gavjum joylarda tibbiy yordam xizmati tashkillashtiriladi.
- Bayram kunlari yurtimizdagi barcha davolash muassasalarida, hududiy oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda belgilangan tartibda bayram kunlari 08:00 dan 20:00 gacha faoliyat ko‘rsatadigan shifokor va hamshiralardan iborat navbatchi brigadalar tuziladi.
- Shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalari va “tez yordam” xizmati odatdagi tartibda bir maromda uzluksiz ishlaydi. Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlarda 13 ta filiali, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tizimidagi barcha bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi.
- Emlash punktlari faoliyati bayram kunlari ham davom ettiriladi.
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boshqarmalari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda karantin qoidalariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter