Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati kelayotgan dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

O‘tgan dam olish kunlari yog‘ib o‘tgan yomg‘ir va keskin sovuqdan so‘ng, ushbu haftada quyoshli va iliq ob-havo kuzatildi. 

Dam olish kunlari va keyingi hafta boshida respublika bo‘yicha kuchsiz shamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi.

Kechasi va ertalab hali juda salqin, 6-9° iliq atrofida bo‘ladi, kun davomida quyosh havoni 22-25° iliqqacha isitadi. Bu oktyabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-3° ga yuqoridir. Biroq, shuni eslatib o‘tamizki, eng issiq bo‘lgan oktyabr oylarida Toshkentda kunduz kungi harorat 32-35° iliqqacha ko‘tarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring