Dam olish kunlari ob-havo qanday o‘zgarishi mumkinligi aytildi
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘tgan hafta yomg‘irli bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari, oxirgi 2 kun ichida deyarli hamma joyda vaqti-vaqti bilan eng jadal yomg‘irlar yog‘di. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
Hududning katta qismida bugun kunduz kuni yomg‘ir yog‘ishi davom etadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida biroz yog‘ingarchilik faqat ayrim joylarda bo‘lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir faqat ertalab yog‘adi.
Havo harorati 5-10 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat respublika janubi-sharqiy hududlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqgacha bo‘ladi, kunduz kuni esa havo 7-12 daraja iliqgacha isiydi.
Bugun poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, dam olish kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-3 daraja iliq, kunduzi shanba kuni 8-10 daraja iliq, yakshanba kuni 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17-18 fevral kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘li hududlarda dam olish kunlari qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter