Dam olish kunlari ob-havo qanday o‘zgarishi ma’lum qilindi
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Kecha kechqurun O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yidan nisbatan sovuq va nam antitsiklon kirib keldi.
Kechasi respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘di, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ldi. Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.
Ertalabga kelib, kirib kelgan front O‘zbekistonning eng sharqiy hududlari tomoniga qarab siljidi.
Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 7-12° iliq atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo bulutli, ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari sovuq antitsiklon respublikamiz hududidan asta-sekin chekinadi. Respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechalari va ertalablari harorat biroz salbiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kuni esa quyosh nurlari havoni 13-15° iliqqacha isitadi. Respublikaning shimolida harorat kechalari 6-9° iliq, kunduz kunlari 4-7° iliq atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter