Dam olish kunlari quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi

Gidrometeorologiya markazi dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, qulay harorat O‘zbekiston aholisini quvontirishda davom etadi.
Bugun va dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat foni me’yoriy qiymatlardan biroz yuqori bo‘lib, kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida bo‘ladi.
Faqat O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida ushbu kunlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter