Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari beqaror va yog‘inli havo kutilmoqda

Dam olish kunlari beqaror va yog‘inli havo kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

Respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Janubi-g‘arbiy va janubiy hududlarda - kun davomida, markaziy hududlarda esa – kunning ikkinchi yarmida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida - kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublika shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ertaga respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Yakshanba kuni hududning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab markaziy va sharqiy hududlarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda bugun kechga tomon va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechasi 0-3 daraja iliq, kunduzi 7-10 daraja iliq bo‘ladi.

3-5 fevral kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring