Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cotton Campaign» o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilmadi, ammo hamkorlikka tayyor

«Cotton Campaign» o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilmadi, ammo hamkorlikka tayyor

Foto:«Inbusiness.kg»

«Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston Mehnat vazirligiga o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilish talabi bilan yuborgan xatiga javobni e’lon qildi.

Avvalroq, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov «Cotton Campaign» rahbariyatiga O‘zbekiston paxtasiga boykotni olib tashlashni so‘rab murojaat qilgandi.

«Cotton Campaign» o‘zining rasmiy veb-saytida chiqqan javobida boykotni to‘xtatish kerak emasligini, ammo uni qachon va qanday hal qilish kerakligini ochiqlagan. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish borasida erishgan yutuqlarini e’tirof etgan.

«Biroq, brendlarning majburiy mehnatga nisbatan mutlaqo sabrsizlik siyosati, majburiy mehnatga qarshi qonunchilik talablari va xulosalariga ko‘ra, 2019-yilda 100 mingdan ortiq paxta terish mashinalari majburiy mehnat sharoitida ishlaygan, brendlar ishchilarni himoya qilish uchun qo‘shimcha kafolatlarga muhtoj. Global pandemiya davom etayotganiga qaramay, bu kafolatlar zarur», dedi Neyt Xerman, Amerika kiyim va poyafzal assotsiatsiyasining siyosat bo‘yicha katta vitse-prezidenti.

«Cotton Campaign» hukumatni erkin fuqarolik jamiyatini yaratishga, bu esa shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga chaqirgan.

Ta’kidlanishicha, «Cotton Campaign»  va bir nechta brendlarning vakillari mart oxirida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirishgan, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli tashrif qoldirildi. Shu bilan birga, «Cotton Campaign» O‘zbekiston hukumati bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga umid qilmoqda.

2020-yil 23-yanvarida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun Prezident tomonidan imzolangan va bunga ko‘ra, majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganlarga javobgarlik choralari joriy etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring