Chustda davlat xizmatlari markazining yangi binosi ishga tushdi (foto)
Chust tuman davlat xizmatlari markazi yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda DXAning Namangan boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Markaz aslida Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, koronavirus sabab ochilish tadbiri kechiktirilgandi.
Eski binoning holati fuqarolarga noqulayliklar tug‘dirayotgani sabab karantin davrida tez va sifatli xizmat olishlariga ko‘maklashish maqsadida yangi binoga ko‘chib o‘tildi va aholiga sanitariya gigiyena talablariga qat’iy rioya qilgan holda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Chust tumanining qoq markazida joylashgan markazda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun barcha qulayliklar mavjud. Mazkur binoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi, investorlarga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus joy hozirlangan.
Shuningdek, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish burchagi, kutish zali, bolalar maydonchasi, kafe, kutubxona, tibbiyot xonasi, E-auksion xonasi hamda FHDYo bo‘limi inspektori uchun xona mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter