Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cho‘zilishi kutilayotgan karantin, AQShda antirekord, 2 millionlik marrani zabt etgan virus va boshqa muhim xabarlar

Cho‘zilishi kutilayotgan karantin, AQShda antirekord, 2 millionlik marrani zabt etgan virus va boshqa muhim xabarlar

Kollaj:«Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.

Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Koronavirusga chalinganlar soni 2 milliondan oshdi

Koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 2 million kishidan oshdi, qariyb 500 ming kishi tuzaldi, deya xabar berdi Amerikaning Jons Xopkins universiteti.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra (19:05), yangi virusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 2 000 984 kishini tashkil etmoqda, 128 011 kishi koronavirus infeksiyasi qurboniga aylangan. Sog‘ayganlar soni yarim milliondan oshdi.

 

Koronavirus O‘zbekistonga kirib kelganiga 1 oy bo‘ldi: hayotimiz qanchalik o‘zgardi?

Ma’lumki, 2019-yilning 15-mart kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirus yuqtirgan bemor aniqlangan edi. Shundan so‘ng, yurtimizda keng miqyosda karantin joriy etildi. 

Ayni vaqtlarda bemorlar soni 1275 nafarni tashkil etmoqda.

Jamshid Qo‘chqorov: «Karantin cheklovlari may oyida ham davom etishi mumkin»

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, karantin bilan bog‘liq cheklovlar aprel oyiga to‘g‘ri keldi va may oyida ham davom etish ehtimoli mavjud.

Qo‘chqorov bu haqda Markaziy bank brifingida aytgan. 

Shuningdek...

Ertaga kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Tadbirkorlarga shaxsiy yuk avtomashinalaridan foydalanishda yengilliklar beriladi (video)

Dolzarb mavzu

Shuhrat Abdurahmonov aytgan noxush statistika izidan: bemorni kim davolaydi?

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 12-aprel holatiga ko‘ra koronavirus bo‘yicha xavfli statistikani keltirdi. Viloyatdagi 90 nafar bemorning 78 nafari tibbiyot xodimlari ekan. Demak har bir bemor 6 nafar shifokorga koronavirusni yuqtirgan.

Savol tug‘iladi, qanday qilib?

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 15-aprel (infografika)

Koronavirus infeksiyasining jahon va yurtimizdagi statistikasi bilan ushbu infografika orqali to‘liq tanishishingiz mumkin. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring