«Chorsu» bozorida to‘xtash taqiqlangan joyda turgan mashinalarga reyd uyushtiriladi
IIBB tomonidan yo‘l qoidasi buzilishini aniqlaydigan AutoCon-SC/M kompleks tizimi modernizatsiya qilingani va 3.27 belgiga («To‘xtash taqiqlangan») amal qilmaydigan avtomobillar kamera yordamida qayd etilishi haqida xabar qilgan edik.
Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ushbu tizim yordamida «Chorsu» bozori yaqinida reyd uyushtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida «Podrobno» ma’lum qilib o‘tdi.
Ushbu tizim 26 mart kuni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. «Chorsu» bozoriga amalga oshiriladigan reyd muddati hozircha aniq emas. AutoCon-SC/M kompleksining ish tizimi qay holatda amalga oshirilishi saytimizda batafsil xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter