Chirchiqda yangi «Kobalt» yonib ketdi. Avtosalon katta miqdorda kompensatsiya to‘ladi
O‘zbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Chirchiq shahri mutasaddilariga ariza kelib tushdi. Unga ko‘ra, fuqaro Ismoilova M. 2017-yil 9-noyabrda Qibray tumanida joylashgan «Qibray avto-moto servis» MChJga «Kobalt» avtomobili uchun 83 865 970 so‘mga to‘lov qiladi va 2017-yil 26- dekabrda avtomobilni shartnomaga muvofiq qabul qilib oladi.
Ismoilova M.ning turmush o‘rtog‘i I.Qurbanbayev boshqaruvda bo‘lgan mashina bor yo‘g‘i 2199 km yurgan. I.Qurbanbayev Rossiya federatsiyasiga ishga ketgandan so‘ng avtomashina boshqa harakatda bo‘lmagan. Mashina vaqti vaqti bilan o‘n o‘n besh daqiqa qizdirib turilgan holos. Ismoilova M. 2018-yil 22- sentyabr kuni avto mashinani yonayotganini ko‘rgan va yong‘in xavfsizlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Dastlabgi hulosalar va ekspertlar o‘rganishi natijasida avtomashinaning elektr simlarida nosozlik borligi va xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Sud qaroriga ko‘ra, iste’molchi Ismoilova M.ga «Qibray avto-moto servis» MChJ tomonida nosoz avto moshina sotilganligi uchun 97 497 380 miqdorida kompensatsiya hamda 3 899 896 so‘m davlat boji undirishiga qaror qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter