Chirchiq davlat pedagogika instituti binosining ochilish marosimi o‘tkazildi (foto)
Kecha, 30-mart kuni Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida yangi o‘quv binosining ochilish marosimi hamda Navro‘z bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut o‘qituvchilari, xodimlar, talabalar bilan birga Respublikaning bir qancha nufuzli oliy ta’lim dargohi professor-o‘qituvchilari, Toshkent viloyatidagi ta’lim muassasalari, jamoat birlashmalari, ishlab chiqarish korxonasidan vakillar ishtirok etdi.
Tadbirda institut rektori O‘zbekiston fan arbobi, professor G‘ofirjon Muhamedov so‘zga chiqdi. Mehmonlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Chirchiq shahar hokimligi, jamoat tashkilotlari xodimlari ham so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabriklab, Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatiga omad tilab, ilg‘or oliy ta’lim muassasasiga aylantirish ishida yaqin hamkor va yelkadosh bo‘lishlarini bildirdilar.
Tadbir davomida institut binosining quruvchilariga esdalik sovg‘alari taqdim etilgach, yangi binoni an’anaviy tarzda ochish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashrif buyurgan mehmonlar yangi o‘quv binosida tashkil etilgan sharoitlar, o‘quv xonalari, sport zal, anjumanlar zali bilan tanishdilar.
Institut yangi binosining rasmiy ochilish marosimi Navro‘z umumxalq bayrami sayliga ulanib ketdi. Bayram sayli institutning katta futbol maydonida bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter