Chiptani plastik kartochkaga sotishni istamagan kassir yo‘lovchining pulini qaytarishga majbur bo‘ldi
2018-yilning 14-mart kuni Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining «ishonch telefoni»ga Zarafshon shahar 12-kichik tuman 54-uy 22-xonadonda yashovchi fuqaro Feruza Toshevadan murojaat kelib tushdi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi jamiyati xabar berdi.
Murojaatda aytilishicha, 14 mart kuni «Manzil-Zarafshon» MChJ avto shohbekatidan «Zarafshon – Toshkent» qatnovi bo‘yicha yo‘l chiptasi olish uchun borgan, ammo sotuvchi plastik kartochkaga yo‘l chiptasi sotilmasligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng F.Tosheva naqd summaga yo‘l chiptasini sotib olganligini bildirib o‘tgan.
Ushbu murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlarda «Manzil-Zarafshon» MChJ avto shohbekati rahbari hamda sotuvchisi bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning tegishli moddalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng, «Manzil-Zarafshon» MChJ avto shohbekati rahbari hamda sotuvchisi o‘z xatolarini tan olib, yo‘l chiptasi uchun to‘langan naqd pulni qaytarib berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter