Chinozlik Ahmadboyning sud majlisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi
Bugun Toshkent vaqti bilan 15:00da Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha so‘nggi sud majlisi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘layotgan ushbu sud majlisi bugun to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi. «Uzreport» telekanalining «YouTube»dagi sahifasi — (www.youtube.com/uzreport)da uni bevosita tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, sud oldida javob berayotgan A. Tursunboyev va boshqalar Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan firibgarlik, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Shu yilning 16-fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud yig‘ilishida Ahmadboy Tursunboyev «hech kimni aldamaganini» aytgan edi.
Mavzuga doir: «Ahmadboyga avtomobilini berganlar qaytarib olishdi. Pul berganlarning taqdiri nima bo‘ladi?»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter