Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim o‘rinbosari Chinozga «safarbar qilindi»

Hokim o‘rinbosari Chinozga «safarbar qilindi»

Foto: Hokimlik axborot xizmati

Xalq deputatlari Chinoz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Davron Hidoyatov ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan nutq so‘zladi.

Tuman hokimi vazifasida ishlagan Akmalxon Ma’diyev lavozimidan ozod qilindi.

Xalq deputatlari tuman kengashining qarori bilan Alimbekov Botir Bahodirovich Chinoz tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Botir Alimbekov bunga qadar Toshkent viloyati hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq ushbu lavozimda Jizzaxning sobiq hokimi ish boshlagani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring