Chimyon hududidagi aholi ogohlantirildi
Chimyon hududida 16–17-fevral kunlari qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Hududda 16 fevral soat 08:00 dan 17 fevral soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi kuzatilishi mumkin.
«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter