Endi chet elda ishlangan davrlar ham mehnat stajiga kiritiladi
![Endi chet elda ishlangan davrlar ham mehnat stajiga kiritiladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2054184436.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentyabrdagi 766-sonli qarorlariga muvofiq Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra endi chet elda ishlangan davrlar ham mehnat stajiga kiritiladi.
2019-yil 1-yanvardan keyingi davrda chet elda ishlagan fuqarolar pensiya bilan ta’minlanish miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq yiliga Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt yarim barobari miqdorda belgilashi mumkin.
Fuqaroning chet elda bo‘lgan davrini tasdiqlash bo‘yicha asos, bu:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar)
- O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti.
Sug‘urta badallarini to‘lash tartibi:
- har oyda yoki har chorakda;
- bir yo‘la — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch oy mobaynida.
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun mehnat staji vakolatli organ, ya’ni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishga joylashtirilgan fuqarolarga beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter