Budjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatib turish muddati uzaytirildi
«2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi (575-son, 21.09.2020-y). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishining to‘xtatib turilishi 2020-yil 1-oktyabrdan 2021-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari).
Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 224 mlrd 288 mln so‘m xarajatlar maqbullashtirildi.
Qarorga ko‘ra:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi – respublika budjetiga;
- ushbu qarorga muvofiq maqbullashtirilgan mablag‘lar – Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Qaror bilan respublika va mahalliy budjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter