Buxoroda dori siropi ichgan 23 nafar bola bir kunda o‘lib qolgani aytilgan videoga rasmiy munosabat bildirildi
Buxoroda «Sinepar» siropini ichish tufayli bolalar o‘limi kuzatilgani haqidagi xabarlar asossiz, deyiladi CCV munosabatida.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bir kunning o‘zida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida davolangan bolalarda ushbu preparatni qabul qilish tufayli hech qanday o‘lim holati kuzatilmagan.
«Shunga qaramay, vazirlik yurtdoshlarimizga har qanday dori vositasidan shifokor ko‘rsatmasisiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanmasalik zarurligini yana bir bor eslatib o‘tadi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bolalar uchun xavfli dorilar ro‘yxati e’lon qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter