Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda davlat xizmatchilariga avtomobillar topshirildi

Buxoroda davlat xizmatchilariga avtomobillar topshirildi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

O‘zbekistonda davlat organlarining davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyati sifatini oshirish, tadbirkorlik sub’yektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda maqbul shart-sharoitlar va qulayliklar yaratishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar borasida Buxoro viloyatida ham ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda.

Viloyatning olis hududlarda yashayotgan aholining holidan xabar olish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishni ta’minlash maqsadida barcha shaharlar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan davlat xizmatlari markazlariga viloyati hokimligi tomonidan «Damas» avtomobillari topshirildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, musiqali drama teartda tashkillashtirilgan tadbir davlat xizmatlari sohasida «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyilni amaliyotda tatbiq qilinishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring