Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 6 nafar ota qamaldi

Buxoroda 6 nafar ota qamaldi

Buxoroda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 6 nafar ota qamaldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot kotibi Shavkat Kenjayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan bu otalarning har biri bir nafardan  farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

«Joriy yilning 17-yanvarida Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudida ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqilib, har bir otaga 15 sutkadan qamoq jazosi tayinlandi. Ular bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay turli bahonalarni ro‘kach qilib kelishgan. Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarning qamoq jazosini o‘tagani ularni aliment to‘lovidan ozod qilmaydi, qarzdorligicha qoladi», – dedi Shavkat Kenjayev.

Ma’lum bo‘lishicha, 6 nafar ota jazoni o‘tash uchun maxsus muassasaga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring