Buxoroda «Talabalik oltin davrim» mavzusida tanlov o‘tkazildi

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Axborot– resurs markazida Talabalar kuniga bag‘ishlangan «Talabalik oltin davrim» mavzusida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.
Ko‘rik tanlov quyidagi shartlar asosida tashkil etildi: «Talabalik oltin davrim» - bu shartda talabalik davrlaridagi qiziq voqealardan lavhalar tayyorladilar.

Talabalar turar-joyi sharoitida milliy taom bo‘lmish palovni pishirish, kam chiqim, kamxarajat va talabalarga xamyonbop bo‘lgan «karving» salatlari tayyorlash bo‘yicha bellashdilar.
Tanlov oxirida g‘oliblarga institut Kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi va ARM tomonidan tashkil etilgan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter