Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hamroyev Mirali Muhammadjonovich Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi xabar bergan.
M.Hamroyev 1983-yil 9-martda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (sirtqi), 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi(kunduzgi)ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - menejment, moliya.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi hisobxonasi 2-toifali hisobchi-taftishchisi sifatida boshlagan. Bir muddat Kogon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (2017-2018) lavozimida ishlagan.
2018-yildan shu vaqtgacha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter