Buvaydada navbatdagi ommaviy tadbir o‘tkazildi
Buvayda tumanidagi «Megapark» istirohat bog‘ida O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida ommaviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Mavluda Ibragimova hamda Bahromjon Rahmonaliyev qatnashdilar. Ular tadbirda so‘zga chiqishib, mustaqilligimizning 30 yilligi bilan barchani tabrikladi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan nuroniylar ham so‘z olishib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir fuqaro o‘z hayotida sezayotganini ta’kidladilar.
Tumandagi sportchi yoshlarning sport chiqishlari va qo‘shiqlar davraga yanada fayz ulashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter