Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buloqboshida «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tadbiri o‘tkazildi

Buloqboshida «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tadbiri o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 28-avgust kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida joylashgan bolalar sport kompleksida «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» shiori ostida «Xalq sayli» va huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Tadbir doirasida Davlat xizmatlari agentligi xodimlari fuqarolarga turli yo‘nalishlarda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib, huquqiy maslahatlar berishdi.

Shu kuni 10 kishining farzandi maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun navbatga qayd etildi.

Noqonuniy qurib olingan uy joyi umumdavlat aksiyasi doirasida Bahromjon Begmatovning arizasi qabul qilindi. O‘n bir nafar fuqaroga STIR raqami, 28 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat berildi.

Davlat xizmatlari targ‘iboti doirasida buklet va flayerlar tarqatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring