Bugundan O‘zbekistonga Erondan issiq ob-havo kiradi

18-avgustda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan nisbatan issiq havo kirib kelishi qaytadan boshlanadi.
Respublika bo‘yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimol va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-38° gacha ko‘tariladi.
Poytaxtimizda quyoshli bo‘ladi. Havo 33-35° gacha isiydi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter