Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun yomg‘ir qorga aylanadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi

Bugun yomg‘ir qorga aylanadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shimolda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

Ba’zi joylarda tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-5° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring