Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi

Bugun Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» xabar berishicha, bugun, 23-oktyabr kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +12-17° gacha pasayadi.

Poytaxt Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +12-14° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring