Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kasb bayramini nishonlamoqda

Bugun uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kasb bayramini nishonlamoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yilning 18-aprel kuni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilgandi. 

Shuningdek, ushbu sana soha xodimlari kuni ham sanaladi. 

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliyev tabrigida qayd etilishicha, 2019-yilda 1,7 trln. so‘m miqdordagi budjet mablag‘lari hisobidan 550 tadan ortiq ob’yektlar foydalanishga topshirilgan. Xalqaro moliya institutlari hamkorligidagi 10 ta yirik loyihalar doirasida 99 mln. dollarga yaqin kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi.

Natijada 800 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti, 75 mingdan ortiq aholining oqava suv xizmatlari yaxshilandi.

Issiqlik ta’minoti sohasini rivojlantirish natijasida qo‘shimcha 300 tadan ortiq ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi 50 mingga yaqin aholining issiqlik ta’minotini qayta tiklandi. Ilk bor Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etildi. Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand shaharlari va Toshkent shahrining Sergeli tumanida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish uchun Jahon banki ishtirokida 220,7 mln. dollar qiymatdagi loyihalarni amalga oshirishni boshlangan. 

Soha xodimlarini ushbu bayram bilan tabriklaymiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring