Bugun shimoliy hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
![Bugun shimoliy hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/720_460_95_118443809.jpg)
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliqni, shimolda 2° iliq -3° sovuqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-12° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter