Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi

Bugun quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi

Foto: Xabar.uz

8 iyulda kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi harorat 40-43° ga etadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 44-46° gachani tashkil etadi.

Poytaxtimizda quruq va issiq ob-havo bo‘ladi. Harorat kunduzi 41-43° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring