Bugun O‘zbekiston dunyoning eng issiq nuqtasi bo‘ldi
Bugun mahalliy vaqt soat 11:00 da O‘zbekistondagi uchta stansiya dunyoning eng issiq nuqtalaridan bo‘lgan. Unda +43,5 darajagacha issiq kuzatilgan.
Navoiy viloyati «Mashiquduq» meteorologik stansiyasida mahalliy vaqt soat 13:20 da havo harorati +47,1 darajaga yetgan.
Soat 14:00 da esa dunyodagi eng issiq nuqta qo‘shni Turkmanistonning Mari viloyatida qayd etilgan. Viloyatning «Baxtiyorliq» kuzatuv stansiyasida +48 daraja issiq havo harorat qiymati ro‘yxatga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter