Bugun Kavkazdan nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi boshlanadi

21-dekabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12m/s tezlikda esadi, 17-22m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-28m/s gacha kuchayishi mumkin, buning hisobiga ayrim viloyat va tumanlarda changli bo‘ron va chang g‘uborlari ko‘tarilish mumkin.
Havo harorati 15-20° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10m/s tezlikda esadi, kechga tomon 13-15m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-20° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12m/s tezlikda esadi, 17-22m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 5-10° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter