Bugun joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter